» » O‘zbekistonda konversion kartalardagi mablag‘larni chet eldagi shaxsiy kartalarga o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda konversion kartalardagi mablag‘larni chet eldagi shaxsiy kartalarga o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi


O‘zbekistonda konversion kartalardan chet elga valyuta o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy bankka ko‘plab fuqarolar murojaat qilib, xorijiy davlatlardagi yaqinlariga naqd pulni jo‘nata olmayotganini ta’kidlagan. Fuqarolar chet ellardagi yaqinlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida xorijiy valyuta jo‘natishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelgan.

Mazkur murojaatlarni inobatga olgan holda, yaqin kunlarda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan bir nechta tijorat banklari o‘z mijozlari uchun konversion kartadan boshqa kartaga pul mablag‘larini o‘tkazish xizmatini yo‘lga qo‘yadi.

Bank mijozlari konversion kartalardagi mablag‘larni bir-biriga yoki chet davlatdagi yaqinlarining shaxsiy kartasiga jo‘natishi mumkin bo‘ladi.

Hozircha aynan qaysi banklar mazkur xizmatni yo‘lga qo‘yishi noma’lum.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-09-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют