» » Jismoniy shaxslar har 3 oyda 5000 dollargacha valyuta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Jismoniy shaxslar har 3 oyda 5000 dollargacha valyuta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi


Valyuta sotib olmoqchi bo‘lganlar har uch oyda 5000 dollargacha mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda “Daryo”ning bank sohasidagi ishonchli vakili ma’lum qildi.

Buning uchun valyuta olishni xohlovchilar uchun konversion karta ochiladi. Va, ular har uch oyda 5000 dollargacha bo‘lgan mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, o‘qish yoki ish joyidan olingan plastik kartochkadagi mablag‘ni valyutaga aylantirmoqchi bo‘lganlar uchun ham shunday yo‘l tutiladi. Ya’ni bu holatda, mijoz bankka murojaat qiladi va unga konversion karta ochiladi.

Shu tariqa, mijoz plastik kartochkasidagi mablag‘ni konversion kartaga valyuta ko‘rinishida o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘qish yoki davolanish uchun xorijga chiqmoqchi bo‘lganlarga valyuta olishda hech qanday cheklov qo‘yilmaydi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют