» » AQShda “Irma” to‘foni tufayli uyini tark etgan ayol 10 ming dollar yutib oldi

AQShda “Irma” to‘foni tufayli uyini tark etgan ayol 10 ming dollar yutib oldi


Okoyada (AQSh, Florida shtati) yashovchi Tiffani Xetfild “Irma” to‘foni tufayli evakuatsiya chog‘ida sotib olgan lotereya chiptasidan 10 ming dollar yutib oldi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda. 

CBS telekanaliga ko‘ra, uch bolaning onasi Floridadan Virjiniyaga yo‘l olayotganida Shimoliy Karolinada qisqa muddatga to‘xtaydi. Hojatxonaga kirib ketgan qizini kutish davomida do‘kondan skretch-lotereya xarid qiladi.

Himoya qoplamasini olgach, 10 ming dollar yutuq chiqqanini anglagan oila a’zolari quvonganidan o‘zini qo‘ygani joy topolmaydi.

Xetfild 12-sentyabr kuni o‘z yutug‘ini oldi. U oilasi bilan Floridaga qaytishga ulgurdi va pullarni to‘fon oqibatida zarar yetgan uyini ta’mirlashga sarflash niyatida. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-09-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют