» » Sudga oshirilgan Jasur Ibrohimov ishi, qo‘lga olingan Spark o‘g‘risi, bir haftada 300 mln dollarni so‘mga almashtirgan o‘zbekistonliklar va kunning boshqa muhim xabarlari

Sudga oshirilgan Jasur Ibrohimov ishi, qo‘lga olingan Spark o‘g‘risi, bir haftada 300 mln dollarni so‘mga almashtirgan o‘zbekistonliklar va kunning boshqa muhim xabarlari


14-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Jasurbek Ibrohimovning o‘limi bilan bog‘liq ish sudga oshirildi. Boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan. Ular sud ishi davomida ma’lum bo‘ladi.

Markaziy bank: O‘zbekistonda valyuta sotish ehtiyoji uni sotib olishga bo‘lgan talabdan yuqori. Konvertatsiya ochilganidan buyon banklar jismoniy shaxslardan 200 million dollar, yuridik shaxslardan esa 100 million dollardan ortiq valyuta sotib oldi.

Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Turkmanistonga tashrif buyuradi. U Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Toshkent shahar IIBB rahbari xodimlarining olib qochilgan Spark’ni ushlashdagi xatti-harakatlariga baho berdi. 5-sentabr kuni Spark avtomobilini olib qochgan, so‘ng ushlash paytida qarshilik ko‘rsatib, yirik YTH keltirib chiqargan shaxs ushlandi.

Tojikiston prezidentining vertolyoti aeroport rahbarining o‘limiga sabab bo‘ldi. Prezident vertolyotining parraklaridan esgan shamol tufayli Xorog shahari aeroporti rahbari Dildor Maqsudshoyev yiqilib tushgan va boshi bilan toshga urilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют