» » OAV: AQSh moliya vaziri asal oyida sayohat uchun harbiy-havo kuchlari samolyotidan foydalanishni ko‘zlagan

OAV: AQSh moliya vaziri asal oyida sayohat uchun harbiy-havo kuchlari samolyotidan foydalanishni ko‘zlagan


AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin yozda turmush o‘rtog‘i bilan asal oyini o‘tkazish uchun mamlakat harbiy-havo kuchlari samolyotini so‘ragan. Bu haqda ABC telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Telekanalga ko‘ra, vazir rafiqasi, shotlandiyalik aktrisa va model Luiza Linton bilan Yevropada asal oyini o‘tkazishni rejalashtirgan. Shotlandiya, Fransiya va Italiyaga sayohat uchun juftlik hukumat samolyotidan foydalanishni ko‘zlagan. Biroq moliya vazirligi bosh inspektori boshqarmasi bunday talabni nomaqbul deb topdi va rad etdi. 

Moliya vazirligi vakilining telekanalga bildirishicha, mazkur talab Mnuchinga Vashington bilan “tezkor va xavfsiz aloqa vositalari taqdim etish” zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan. Vazir bilan boshqa usullar yordamida bog‘lanish imkoni mavjudligi ma’lum bo‘lgach, hukumat samolyotidan foydalanishga ehtiyoj qolmagan. 

Ma’lumot uchun, AQSh HHK reaktiv samolyotidan foydalanish qiymati soatiga 25 ming dollarni tashkil etadi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 02:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют