» » Asian Fight Mahmud Murodovga bir tiyin ham bermadi. Jangchi esa aytgan va’dasining ustidan chiqdi

Asian Fight Mahmud Murodovga bir tiyin ham bermadi. Jangchi esa aytgan va’dasining ustidan chiqdi


Toshkent mezbonlik qilgan Asian Fight turnirida jang qilgan va ozarbayjonlik raqibini nokautga uchratgan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov Buxorodagi bolalar uyiga tashrif buyurdi va xayriya qildi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lumot berdi.

Avvalroq Mahmud Murodov Asian Fight turniridan oladigan gonorarini mehribonlik uyiga taqdim etishi haqida aytib o‘tgandi. Biroq musobaqa tashkilotchilari unga bir tiyin ham bermagani ma’lum bo‘ldi. Bungacha tashkilotchilik qoniqarsiz ko‘rinishda bo‘lgani haqida maqolalar chop etilgandi.

Bugun va’damga binoan Buxorodagi bolalar uyiga keldim. Chunki Asian Fight turniridan olgan gonorarimni bolalar uyiga xayriya qilishni va’da qilgandim. Men doimo so‘zimda turaman.

Bolakaylarga yordam berish imkoniyatim borligidan xursandman. Ular chindan ham g‘amxo‘rligimiz va e’tiborimizga muhtojdirlar. Men Asian Fight uchun bir tiyin ham olganim yo‘q. Lekin, va’damni bajardim. Bu kabi ishlarni yana uzoq yillar davomida qilmoqchiman.

Agar kimdir ko‘makka muhtoj bo‘lsa, ularga yordam berish kerak, menga shunday o‘rgatishgan.
Savob ish qilsang, Xudo senga ikki barobar qilib qaytaradi. Menda ham shunday bo‘ldi. Men muhtojlarga yordam berishga harakat qildim, Xudo esa meni yanada ko‘proq mukofotladi.

Bu bilan maqtanmoqchi emasman. Oramizda shunday ishlarni qila oladiganlar yetarlicha. Shunchaki, ishoning, bolalar ko‘zidagi quvonchni ko‘rsam, kuchimga kuch qo‘shiladi. Ularga nisbatan befarq bo‘lmang, savob ish qiling.

Mahmud Murodov, MMA jangchisi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют