» » Bir hafta ichida Rossiya hududida beshta razvedkachi samolyot aniqlandi

Bir hafta ichida Rossiya hududida beshta razvedkachi samolyot aniqlandi


Rossiya qiruvchi samolyotlari bir hafta ichida besh marta xorijiy razvedka samolyotlarini qo‘lga olish uchun havoga ko‘tarildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Bir hafta ichida Rossiya chegarasiga xorijning 37 ta razvedka samolyotlari yaqinlashgan. Ularning aksariyati (25 tasi) Rossiyaga shimoli-g‘arb tomondan, yana sakkiztasi esa Arktika chegaralari tomondan yaqinlashgan. Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, xorijiy samolyotlar tomonidan Rossiya havo maydonchasining buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Avvalroq, radiolokatsion anjomlar bilan jihozlangan NATOga tegishli AWACS razvedka samolyoti Latviyaga kelgani ma’lum bo‘lgandi. Germaniyadagi aviabazadan uchgan samolyot Rigadagi aerodromga kelib qo‘ngan.

Xorijiy samolyotlarning shimoli-g‘arb tomonda ko‘payib qolganligiga 14-sentabr kuni Rossiya—Belarus hamkorligida boshlagan “G‘arb—2017” o‘quv mashg‘ulotlari sabab bo‘lgan. Unda 13 mingga yaqin harbiylar, 70 ta samolyot va vertolyotlar, 680 dona harbiy texnikalar, jumladan, 250 ta tank va jangovar kemalar ishtirok etgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют