» » Rossiya chegarasiga yaqinlashgan Britaniya josus samolyoti mobil dasturlar yordamida aniqlandi

Rossiya chegarasiga yaqinlashgan Britaniya josus samolyoti mobil dasturlar yordamida aniqlandi


Rossiyaning Kaliningrad shahri osmoni yaqinida Britaniyaning RC-135W Rivet Joint josus samolyoti Flightradar24 va Planefinder yo‘lovchi laynerlarini kuzatish mobil dasturlari yordamida  aniqlandi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Nashrga ko‘ra, RC-135W Rivet Joint parvozidan ko‘zda tutilgan maqsadi Rossiya harbiy-dengiz bazasi haqida ma’lumot to‘plash bo‘lgan. Biroq missiya fosh etildi — yuz minglab kishi 8 kilometr balandlikda Rossiya chegaralariga yaqinlashib kelayotgan eng zamonaviy samolyotni kuzatib bordi.

Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan skrinshotlarda RRR7220 bort raqamiga ega bo‘lgan havo kemasi Kaliningraddan 100 kilometr berida ekanligini ko‘rish mumkin.

Daily Mail RC-135W Rivet Joint AQSh samolyot-josuslari va F-35A qiruvchi-bombardimonchilari ko‘magida harakat qilganini ta’kidlamoqda. Ekspertlar layner Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, jumladan, qidiruv radarlari faoliyatini o‘rganganligini taxmin qildi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют