» » O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov muxlislar murojaatini ko‘rish uchun virtual qabulxonasini ochdi

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov muxlislar murojaatini ko‘rish uchun virtual qabulxonasini ochdi


Umid Ahmadjonov O‘FF prezidenti etib saylanganidan so‘ng, birinchi navbatda o‘zining virtual qabulxonasini ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan maqsad — muxlislar bilan jonli muloqotda bo‘lish, fuqarolar bilan muloqot ko‘prigini yaratish. Endilikda www.president.the-uff.com manzili orqali O‘FFdagi istalgan mutasaddiga istalgan mavzuda murojaat qilish mumkin. Murojaatlar elektron ko‘rinishda yo virtual qabulxonaga yoki tashkilot prezidentining president@the-uff.com elektron pochta manziliga yuborilishi kerak.

Murojaatingizga javob berilgan yoki berilmaganini sayt orqali tekshirish imkoniyati mavjud. Virtual qabulxonaga yozish uchun elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Qabulxonaning ishlash tajribasidan kelib chiqib, murojaatlarni ko‘rib chiqish usulini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.

Avvalroq O‘FF matbuot xizmati Umid Ahmadjonov ijtimoiy tarmoqlarda o‘z akkauntiga ega emasligi haqida bayonot bergandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют