» » IShID London metrosida ro‘y bergan portlash bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi

IShID London metrosida ro‘y bergan portlash bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi


IShID terrorchilik tashkiloti 15-sentabr kuni London metrosida sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan. SITE Intelligence Group tashkilotining yozishicha, bu haqda terrorchilar nazorati ostidagi Amaq axborot agentligi ma’lum qilgan, deb xabar berdi Meduza.

Xabarda aytilishicha, portlashni tashkilotning “bo‘linmasi” amalga oshirgan. SITE rahbari Rita Katsning ta’kidlashicha, IShID odatda bu kabi xabarlarda ijrochilarni “askarlar” deya ataydi; uning fikricha, “bo‘linma” so‘zining ishlatilishi terrorchilik harakatlarini tashkil etilishi koordinatsiyasini anglatishi mumkin.

Buyuk Britaniya hukumati mamlakatda terrorchilik xavfi darajasini “jiddiy”dan “favqulodda” holatga qadar ko‘tardi.

Mavzuga doir: London metrosida portlash yuz berdi

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-09-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют