» » Shri-Lankada timsoh britaniyalik jurnalistni g‘ajib tashladi

Shri-Lankada timsoh britaniyalik jurnalistni g‘ajib tashladi


The Financial Times nashrida ishlagan britaniyalik jurnalist Pol MakKlin Shri-Lankada timsoh o‘ljasiga aylandi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Oksford universitetining 25 yoshli bitiruvchisi do‘stlari bilan ta’tilda edi. U qo‘lini yuvish uchun yaqin atrofdagi ko‘l tomon uzoqlashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, MakKlin qo‘llarini suvga tushirganda timsoh uni tutib olgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular qo‘l-oyoqlarini silkitayotgan erkakni sudralib yuruvchi suv ostiga tortib ketganligini ko‘rgan.

Jurnalist syorfingchilar orasida mashhur plyaj yaqinidagi Elefant-Rok ko‘lida g‘oyib bo‘lgan. Qutqaruvchilar britaniyalikning jasadini qidirmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 18:12)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют