» » O‘zbekistondagi har bir shahar-tumanda xususiy maktab va bog‘chalar ochiladi

O‘zbekistondagi har bir shahar-tumanda xususiy maktab va bog‘chalar ochiladi


O‘zbekistondagi har bir shahar-tumanda 2018—2019-o‘quv yilidan boshlab maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatadigan kamida bittadan muassasa ochiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Qaror sharhida qayd etilishicha, rivojlangan davlatlarda umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim ulushi yuqori bo‘lib, Germaniyada 12, Fransiyada 17, AQShda 18, Buyuk Britaniyada 20, Ispaniya, Irlandiya va Gollandiyada esa 30 foizni tashkil etadi.

O‘zbekistonda esa nodavlat maktablarining xalq ta’lim tizimidagi ulushi 0,4 foizni tashkil etadi (9680 taga 43 ta). Ularning yarmidan ortig‘i — 27 tasi Toshkent shahrida joylashgan, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida bunday maktablar umuman yo‘q.

Ma’lumot uchun, nodavlat maktablarining 20 tasida faqat boshlang‘ich ta’lim beriladi. Qolgan 23 tasi o‘rta ta’limga mansub va ulardagi 330 ta sinfda 6000 nafar bola o‘qiydi (davlat maktablari kontingentining 0,12 foizi).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют