» » O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi


O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaga tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Bo haqda O‘zA xabar berdi.

Qozog‘iston O‘zbekistonning eng muhim savdo-iqtisodiy sheriklaridan biridir. 2016-yil yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan oshgan. Joriy yilning yanvar—avgust oylarida savdo aylanmasi 35 % o‘sgan.

Prezidentlar bu ko‘rsatkich mamlakatlarning ulkan salohiyatiga mos emasligi, buning uchun qo‘shma savdo uylarini rivojlantirish, o‘zaro savdo nomenklaturasini kengaytirish zarurligini qayd etdi.

Ikki mamlakat bozorlarida xaridorgir mahsulotlarni yetkazib berish, hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga kelishib olindi.

Transport kommunikatsiyalari sohasi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Ikki davlatning avtomobil va temir yo‘llari o‘zaro integratsiyalashgan.

Bu muhim kommunikatsiya tarmog‘i uchinchi davlatlar uchun ham tranzit vazifasini o‘tamoqda. Muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlaridan tashqi savdo yuklarini tashishda o‘zaro preferensiyalar va qo‘shimcha imtiyozlar belgilanishi bu sohadagi hamkorlikni tubdan kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют