» » Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildi


24-aprel kuni o‘zaro kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

2017-yilning 22—23-mart kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi samarali muzokaralar O‘zbekiston—Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini amaliy mazmun bilan boyitdi va o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilab berdi.

Tomonlar yaqin yillarda qulay sharoitlar yaratish, biznes subyektlari o‘rtasida bevosita va uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish, transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini oshirish hisobidan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish haqidagi mo‘ljalini tasdiqladi.

Hududlararo, avvalambor, chegaraoldi hududlar o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish, madaniy-gumanitar munosabatlarni faollashtirish qo‘llab-quvvatlandi.

Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya o‘zaro hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston qardosh xalqlarining vaqt sinovidan o‘tgan o‘zaro munosabatlariga amal qilgan holda, bundan buyon ham ikki mamlakat barqaror iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid ayrim masalalar yuzasidan ham fikr almashdi. “Suhbat O‘zbekiston—Qozog‘iston munosabatlariga xos samimiy va do‘stona, o‘zaro anglashuv va hurmat ruhida o‘tdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют