» » Shri-Lankada timsoh britaniyalik jurnalistni suv ostiga tortib ketdi

Shri-Lankada timsoh britaniyalik jurnalistni suv ostiga tortib ketdi


Shri-Lankada timsoh The Financial Times nashri uchun ishlaydigan britaniyalik jurnalist Pol MakKlinni suvga tortib ketdi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.

Oksford universitetining 25 yoshli bitiruvchisi do‘stlari bilan ta’tilda edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u yaqin oradagi qo‘ltiqqa qo‘lini yuvgani borganida timsohga o‘lja bo‘ldi. Guvohlar yirtqich “qo‘li va oyoqlarini silkitayotgan erkak”ni suv ostiga olib ketganini ko‘rganliklarini bildirmoqda.

Jurnalist Elefant-Rok qo‘ltig‘ida, syorfingchilar o‘rtasida ommalashgan plyaj yaqinida yo‘qoldi. U shu paytgacha osoyishta va xavfsiz, sayyohlar va mahalliy aholi ko‘p keladigan manzil hisoblanardi.

Guvohlar bu Shri-Lankada timsohning insonga tashlanishi bilan bog‘liq birinchi hodisa ekanligini aytmoqda. Qutqaruvchilar hozirda jurnalistning jasadini qidirmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-09-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют