» » Ukraina bosh prokurori: Viktor Yanukovich prezidentligi davrida 40 mlrd dollar o‘zlashtirdi

Ukraina bosh prokurori: Viktor Yanukovich prezidentligi davrida 40 mlrd dollar o‘zlashtirdi


Ukrainaga rahbarligi davomida sobiq prezident Viktor Yanukovich 40 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirdi. Bu haqda YES sammiti davomida mamlakat bosh prokurori Yuriy Lutsenko ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Xalqaro ekspertizaga ko‘ra, sobiq prezident Viktor Yanukovich Ukrainadan 40 milliard dollar o‘g‘irlagan. Bu mamlakatning bir yillik budjetiga teng”, — dedi Lutsenko.

Bosh prokurorga ko‘ra, bunga asosan gaz narxi bo‘yicha Ukraina va Yevropa o‘rtasidagi tafovut hamda soliq bilan bog‘liq qallobliklar yordamida erishilgan.

“Hozirda davlat xaridlarida misli ko‘rilmagan korrupsiya yo‘q. Prozzoro tizimi ishlamoqda. Shu bilan birga, Ukrainada davlat monopoliyasi va bojxonadagi muammolar hal etilishi lozim”, — ta’kidladi prokuror.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют