» » APL. Manchesterning “o‘gay aka-ukalar”i bir-biridan kam emas, London yetakchilarida esa qoqilish

APL. Manchesterning “o‘gay aka-ukalar”i bir-biridan kam emas, London yetakchilarida esa qoqilish


Angliya Premyer-Ligasi klublari 5-tur bellashuvlarini yakunladi.

Mazkur turda eng yirik ikki natijani Manchester shahri vakillari qayd etib berdi. “Uotford” mehmoni bo‘lgan “Siti” raqibi darvozasiga javobsiz 6 ta gol urishga erishdi. Bunda argentinalik Serxio Agueroning xizmatlarini alohida e’tirof etish kerak. Shu kuni u xet-trik muallifiga aylandi.

“Yunayted” esa o‘z uyida “Everton”ga imkoniyat qoldirmadi — 4:0. O‘tgan mavsumda “Everton” sharafini himoya qilgan Romelu Lukaku sobiq jamoasi darvozasiga gol urdi. Sobiq “mankunian” Ueyn Runi esa 82-daqiqaga qadar maydonda to‘p surdi. Aynan u chiqib ketganidan so‘ng mezbonlar 3 ta gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

London yetakchilari golsiz duranglar qayd etdi. Derbida “Chelsi” o‘z uyida “Arsenal”ni taslim qila olmadi. “Tottenhem” esa “Suonsi”ga qarshi o‘yinda gol ura olmadi.

Mazkur turda Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” ham 2 ochko boy berdi.

Angliya Premyer-Ligasi
5-tur bellashuvlari
15-sentabr, juma

Gollar: Solli March, 55 (0:1). Endryu Surman, 67 (1:1). Jermeyn Defo, 73 (2:1).

16-sentabr, shanba

Gollar: Stiven Devis, 6 (0:1).

Gollar: Skott Erfild, 27 (0:1). Muhammad Saloh, 30 (1:1).

Gollar: Ayose Peres, 19 (1:0). Jerdan Shakiri, 55 (1:1). Jamal Laskelles, 68 (2:1).

Gollar: Loran Depuatr, 46 (1:0). Jeymi Vardi, 50-pen (1:1).

Gollar: Serxio Aguero, 28 (0:1). Serxio Aguero, 31 (0:2). Gabriel Jezus, 37 (0:3). Nikolas Otamendi, 63 (0:4). Serxio Aguero, 81 (0:5). Rahim Sterling, 89-pen (0:6).

17-sentabr, yakshanba

Chetlatish: David Luis, 87 (Ch).

Gollar: Antonio Valensiya, 4 (1:0). Genrix Mxitaryan, 84 (2:0). Romelu Lukaku, 89 (3:0). Antoni Marcyal, 90+2-pen (4:0).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют