» » Kristin Lagard: “Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston bilan qat’iy hamkorlikka tayyor ekanini tasdiqlayman”

Kristin Lagard: “Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston bilan qat’iy hamkorlikka tayyor ekanini tasdiqlayman”


Xalqaro valyuta jamg‘armasining farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng bayonot berdi, deb yozadi O‘zA.

“Men O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganimdan g‘oyat mamnunman. O‘zbekiston rahbariyati keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu, avvalo, yaqinda amalga oshirilgan valyutani tartibga solish tizimidagi o‘zgarishlarga tegishlidir. Biz iqtisodiyotni mustahkamlash, yanada ko‘p ish o‘rinlari yaratish, barqaror va kompleks taraqqiyotga erishishda muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Men Prezident Shavkat Mirziyoyevni qo‘shni mamlakatlar bilan mintaqaviy hamkorlikni yaxshilashga doir tashabbuslari bilan qutlayman. Mintaqaviy hamkorlik suv resurslaridan birgalikda foydalanish, samarali mintaqaviy energetika tizimini yaratish va transportni rivojlantirish kabi yirik muammolarni hal qilishda juda muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekistondagi islohotlar jarayoni uzoq davom etadi va bu oson kechmaydi. Men iqtisodiy o‘sishning yanada yuqori sur’atlariga erishish va aholi turmush farovonligini oshirish yo‘lida Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston bilan qat’iy hamkorlikka tayyor ekanini tasdiqlayman.”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-09-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют