» » “Buxoro” — “Dinamo” o‘yinini boshqargan hakam O‘FF prezidentining topshirig‘i bilan futboldan chetlatildi

“Buxoro” — “Dinamo” o‘yinini boshqargan hakam O‘FF prezidentining topshirig‘i bilan futboldan chetlatildi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 21-turidan joy olgan “Buxoro” — “Dinamo” o‘yinini boshqargan referi Rustam Bobomurodov futboldan chetlatildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Bunday qarorga O‘FF yangi prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘i asosida kelingan. Bungacha Rustam Bobomurodovning hakamligi inspektor tomonidan 4 ball, ya’ni, 2 bahoga loyiq ko‘rilgan, keyinroq buxorolik futbol muxlislari uning ustidan O‘FF prezidenti virtual qabulxonasiga shikoyat yozgan. 0:0 hisobi bilan yakuniga yetgan o‘yinda Bobomurodov 2 ta yaqqol penaltini berishni istamagan, shuningdek, uchrashuv davomida mehmonlar foydasiga ko‘p bor “adashgani” maktubda qayd etilgandi.

16-sentabr kungi o‘yin uchun yakuniy qaror oradan 4 kun o‘tib — 20-sentabr kuni e’lon qilingani diqqatga sazovor. Rustam Bobomurodovning hakamligini O‘FF hakamlar va inspektorlar ilmiy-uslubiy ta’minoti bo‘limi ko‘rib chiqqan. Bo‘lim boshlig‘i Arslon Xatamov ham yakunda Rustam Bobomurodovga 4 ball qo‘ygan.

Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi boshlig‘i Noil Lutfullin qo‘mita yig‘ilishida so‘zga chiqib, Rustam Bobomurodov masalasi bo‘yicha “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi” asosida qaror qabul qilishni taklif qildi. Natijada “Buxoro” — “Dinamo” o‘yinida bir necha jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan Rustam Bobomurodovning xizmat haqi yuz foizga kamaytirilib, hakamlikdan butunlay chetlatilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют