» » Moskvada “Matilda” filmi namoyish etiladigan kinoteatrlarni yoqib yuborishga da’vat qilgan shaxs qo‘lga olindi

Moskvada “Matilda” filmi namoyish etiladigan kinoteatrlarni yoqib yuborishga da’vat qilgan shaxs qo‘lga olindi


FXX va IIV ekstremizmga qarshi kurash departamenti xodimlari “Nasroniy davlati — Muqaddas Rus” tashkiloti yetakchisi Aleksandr Kalininni qo‘lga oldi. Bu haqda IIV Moskva shahar bosh boshqarmasidagi manbaga tayanib, “RBK” ma’lum qildi. 

Qo‘lga olish uchun Kalinining qonunga xilof harakatlarni amalga oshirish, jumladan, Aleksey Uchitelning “Matilda” filmi namoyish etiladigan kinoteatrlarni yoqib yuborishga da’vatlari sabab bo‘ldi”, — hikoya qildi manba. 

“Interfaks” agentligi manbasi bir necha kishi, jumladan, Kalinin ham politsiyaga Aleksey Uchitelning advokati Konstantin Dobrinin ofisi oldida turgan avtomobillarni yoqib yuborganlikka oid jinoiy ish doirasida keltirilganini bildirdi.

Tezkor-tergov harakatlari, jumladan, tintuv olib borilmoqda. Kalininning kompyuteri va boshqa axborot tashuvchi vositalar musodara etildi. 

Ma’lumot uchun, mazkur filmda Rossiya imperatori Nikolay II va balerina Matilda Kshesinskaya o‘rtasidagi muhabbat haqida hikoya qilinadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют