» » Xitoy qora ikra bozorida Rossiyadan yetakchilikni tortib oldi

Xitoy qora ikra bozorida Rossiyadan yetakchilikni tortib oldi


Shu paytgacha eksport bobida yetakchilik qilgan Rossiya va Erondan yetkaziladigan mahsulotlar hajmi kamayishi asnosida ikra bozoriga Yaponiya, Isroil va xususan, Xitoy chiqib kelmoqda. Bu haqda Insider Pro xabar berdi. 

“Xitoy ikrasi eksporti sanksiyalar oqibatida Eron va Rossiyadan mahsulot yetkazib berilishi cheklangani tufayli ko‘pchilikka juda qo‘l keladi. Aksariyat restoranlar Xitoy ikrasini yaxshi sifati, yetarlicha zaxirasi va mo‘’tadil narxi uchun xarid qiladi”, — deydi China Market Research Group boshqaruvchi direktori Shon Reyn.

Shanxaydan 300 mil janubi-g‘arbda joyldashgan va yiliga 60 tonna mahsulot tayyorlaydigan Kaluga Queen kompaniyasi dunyodagi yirik ikra ishlab chiqaruvchi korxona sanaladi. Uning eng xaridorgir Huso Hybrid ikrasining 30 grammli bankasi 210 dollar turadi. 

“Biz uchun eng katta to‘siq — Xitoy yeguliklari xavfsizligiga ishonch darajasining pastligida”, — deydi marketing bo‘yicha menejer Lilli Lyu. Shu sababli hozirgacha kompaniya mahsulotlariga “Xitoyda ishlab chiqarilgan” degan yorliq qo‘yilmaydi. 

2006-yilda ilk turkum sotilganidan so‘ng Kaluga Queen doimiy xaridorlarga ega bo‘la boshladi. Hozirda uning mijozlari qatorida Parijdagi Mishlenning uch yulduziga ega bo‘gan 26 restorandan 21 tasi va Nyu-Yorkdagi Le Bernardin restoranini sanash mumkin. Qolaversa, Kaluga Queen 2016-yilda G20 sammitiga mahsulotini yetkazib bergandi.

Ma’lumot uchun, Lufthansa aviakompaniyasi Xitoy ikrasini birinchi toifa yo‘lovchilariga taklif etmoqda. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-09-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют