» » Olimlar samolyot bortida uxlash nimasi bilan xavfli ekanligini aniqladi

Olimlar samolyot bortida uxlash nimasi bilan xavfli ekanligini aniqladi


Samolyot uchib ketayotgan va qo‘nayotgan vaqtda uxlaydigan yo‘lovchilar o‘z eshitish qobiliyatiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin, deb yozadi “RIA Novosti” Garvard tibbiyot maktabi tadqiqotiga tayanib.

Ta’kidlanishicha, balandlik o‘zgaradigan paytda ko‘pchilik odamlarning “qulog‘i bitib qoladi”, bu quloq tashqarisidagi bosim ichkaridagi bosim bilan har xil bo‘lgani tufayli yuz beradi. Odatda, bunday effektdan xalos bo‘lish uchun esnash yoki yutinish orqali yevstaxiy naychasi deb ataluvchi ingichka kanalni ochish kerak bo‘ladi.

Ammo agar samolyot yo‘lovchisi uxlayotgan bo‘lsa, quloq pardasidagi bosimni bu tarzda tenglashtira olmaydi. Natijada quloq kanali to‘silib qolishi mumkin, bu esa eshitish barotravmasiga olib keladi.

Olimlar aniqlashicha, yevstaxiy naychasi uzoq vaqt to‘silib turadigan og‘ir vaziyatlarda infeksiya rivojlanib, quloq pardasi ortida suyuqlik hosil bo‘lishiga olib keladi, u eshitish bilan bog‘liq muammolarni va og‘riqni keltirib chiqaradi.

Tadqiqotda ta’kidlanishicha, kasallik paydo bo‘lishining oldini olish uchun samolyot balandlikka ko‘tarilayotgan va pasayayotgan paytda uxlashdan voz kechish kerak.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют