» » Rossiya mudofaa vazirligi Dayr-az-Zor to‘liq ozod etiladigan muddatni ma’lum qildi

Rossiya mudofaa vazirligi Dayr-az-Zor to‘liq ozod etiladigan muddatni ma’lum qildi


Dayr-az-Zor shahrining 85 foizdan ortiq qismi Suriya qo‘shinlarining to‘liq nazorati ostida turibdi, yaqin haftada shahar to‘liq ozod etiladi, deb yozadi “RIA Novosti” Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi sutkalar davomida Suriya hukumat qo‘shinlari IShIDning Dayr-az-Zor hududidagi oxirgi tayanchini yo‘q qilish bo‘yicha hujumkor harakatlarni davom ettirgan.

Bu orada Rossiya nazorat vositalari “Suriya demokratik kuchlari” jangarilari Raqqa viloyatidan Dayr-az-Zor viloyatining shimoliy tumanlariga ko‘chirilganini qayd etgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют