» » Yevroittifoq Iroqning IShID jangarilaridan ozod qilingan hududlari aholisiga yordam uchun 294 mln dollar to‘pladi

Yevroittifoq Iroqning IShID jangarilaridan ozod qilingan hududlari aholisiga yordam uchun 294 mln dollar to‘pladi


Yevroittifoq Iroqning IShID jangarilaridan ozod qilingan hududlari aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 294 million dollar ajratilishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Mablag‘ Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasi doirasidagi tadbir davomida to‘plandi.

“Yevropa ittifoqi tomonidan Iroq, AQSh, Germaniya va BMT gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tashkillangan Iroq bo‘yicha vazirlar yig‘ilishida umumiy hisobda 293,89 million dollar va’da qilindi”, — deyiladi xalqaro tashkilotdagi Yevroittifoq delegatsiyasi xabarida.

To‘plangan mablag‘ ozod etilgan hududlar, jumaladan, Mosuldagi jabrlangan aholi va qochoqlarga yordam berish uchun sarflanishi bildirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют