» » BMT bosh kotibi dunyo hamjamiyatini Iroq aholisiga ko‘mak berishga chaqirdi

BMT bosh kotibi dunyo hamjamiyatini Iroq aholisiga ko‘mak berishga chaqirdi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Iroqqa mamlakatdagi gumanitar holat bilan tanishish maqsadida amalga oshirgan tashrifi davomida xalqaro hamjamiyatni Iroq aholisiga ko‘proq hamdard bo‘lish va ularga yordam berishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Shu bilan bir vaqtda, Antoniu Guterrish BMTda Iroq aholisiga ko‘mak berish uchun yetarlicha resurs mavjud emasligini qayd etdi.

BMT bosh kotibi o‘zining Iroq shimolidagi shaharning g‘arbini terrorchilardan ozod etish operatsiyasi olib borilayotgan hududga qilgan tashrifini “Mosul aholisiga hamdardlik tashrifi” deb nomladi.

“Bu odamlar juda qattiq jabrlandi va jabrlanishda davom etmoqda. Xalqaro hamjamiyat tomonidan katta yordam zarur. (Iroq Kurdistonining) Mintaqaviy hukumati, nodavlat tashkilotlar, BMT ko‘p harakat qilmoqda, biroq bizda ushbu odamlarga yordam berish uchun zarur resurslar yo‘q”, — deyiladi Guterrishning Iroq shimolidagi Hasan Shon lageriga amalga oshirgan tashrifi yakuni bo‘yicha axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют