» » Qarzga yashash: AQSh davlat qarzi nima va u nega tinimsiz oshib bormoqda?

Qarzga yashash: AQSh davlat qarzi nima va u nega tinimsiz oshib bormoqda?


“Xarvi” to‘foni tufayli Vashington tabiiy ofatdan eng ko‘p jabrlangan shtat — Texasga tezkor moliyalashtirish ajratishga majbur bo‘ldi. Transhni ta’minlash uchun Kongress va AQSh prezidenti Donald Tramp shoshilinch tarzda qisqa muddatli budjetni qabul qildi va federal hukumat faoliyatini vaqtinchalik uzaytirish uchun davlat qarzi limitini oshirdi, deb yozadi “TASS”.

Bir necha kun o‘tib davlat qarzi tarixda birinchi marta 20 trillion dollar ko‘rsatkichdan oshdi. Barak Obama boshqaruvidagi sakkiz yil davomida mamlakat qarzi 10,63 trillion dollardan deyarli ikki barobar oshdi. Va bu hali hammasi emas — hozir Vashingtonda federal hukumatga cheklovlarsiz qarz olish imkonini beruvchi chora muhokama qilinmoqda.

Davlat qarzi nima?

Bu AQSh federal hukumatining o‘z kreditorlari oldidagi qarzidir. Vashington budjetdagi taqchillikni qoplash va barcha zarur xarajatlar — sog‘liqni saqlash, infratuzilma, mudofaa va boshqalarga to‘lash uchun pul qarz oladi. Bu ijaraga olingan kvartiraga to‘lash uchun kredit olish kabidir.

AQSh davlat qarzi ikki: ichki hukumat va umumiy qismlardan iborat. Ularning miqdori hozirda tegishli ravishda 5,5 trillion va 14,6 trillion dollarni tashkil etadi. Birinchisi AQSh budjetining hukumat agentliklari, masalan davlat pensiya fondlari oldidagi qarzdorlikdan shakllangan. Ular erkin mablag‘larini davlat zayomining bozordan tashqari obligatsiyalariga kiritish huquqiga esa.

AQSh davlat qarzi

AQShning eng yirik xorijiy kreditorlari, milliard dollarda

Davlat qarzining umumiy qismi jismoniy shaxslar, korporatsiyalar, AQSh Federal zahira tizimi, shuningdek, shtatlar hukumatlari va chet davlatlarga tegishli g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlaridan iborat. Qo‘shma Shtatlar obligatsiyalari butun dunyo investorlari orasida eng ommabop qog‘ozlar hisoblanadi. AQSh Davlat qarziga hammadan ko‘p Xitoy pul kiritadi. U 1,146 trillion g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlariga ega. Amerika obligatsiyalarining daromadliligi katta emas — eng ko‘p tarqalgan (o‘nyillik) uzoq muddatli majburiyatlar hozir 2,16 foiz yillik daromad keltiradi. Biroq bu defolt ehtimoli past bo‘lgan, har doim ochiq bozorda joriy narxlar bo‘yicha jiddiy yo‘qotishlarsiz sotish mumkin bo‘lgan ishonchli qog‘ozlardir.

Nega davlat qarzi muntazam o‘smoqda?

Chunki budjet taqchilligi doimiy ravishda o‘smoqda va uni davlat qarzi emissiyasi hisobidan qoplashga to‘g‘ri kelmoqda. Budjetdagi bo‘shliqni soliqlarni oshirish yoki chiqimlarni qisqartirish hisobidan ham qoplash mumkin edi, biroq har ikkala variant iqtisodiy o‘sishga halokatli ta’sir etishi va fuqarolar noroziligini keltirib chiqarishi mumkin. AQShda bu kabi tanlov borasida muammo yo‘q: Amerika davlat qarzi shunday valyutada qiymatlashtirilganki, Vashington uning emissiyasi ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qiladi va zarurat bo‘lganda Federal zahira tizimi qarz majburiyatlarini qoplash uchun bosma stanogini ishga tushirishga tayyor. Boshqa hech bir mamlakatda bunday imkoniyat yo‘q.

Aynan shu sababli yuqori tashqi qarz mamlakat defoltini keltirib chiqarmaydi. Defolt, ya’ni qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlar yoki asosiy qarzni to‘lay olmaslik davlat eskilarini qoplash uchun yangi kreditlar olishga qodir bo‘lmagandagina yuz berishi mumkin. AQShda bunday vaziyat faqat bir holatda — Kongress federal hukumatga davlat qarzi limitini oshirishni taqiqlaganda yuz berishi mumkin. 2011-yilning yozida, Barak Obama prezidentligi davrida, AQSh texnik defoltga yaqin kelib qoldi, biroq plankani 2,1 trillion dollarga oshirib, uni chetlab o‘tdi.

Amerikaliklarni haqiqatda tashvishlantiradigan yagona holat — bu davlat qarzining YaIMga bo‘lgan nisbati. Jahon bankining baholashicha, mamlakat davlat qarzi uning yillik YaIMi 77 foiziga teng kelganda muammoli hisoblanadi. Biroq ko‘pchilik mamlakatlar bir necha o‘n yildan buyon undan ham kattaroq qarz bilan yashamoqda, misol uchun Fransiya, Italiya va Yaponiyada ushbu ko‘rsatkich 100 foizdan oshadi. AQShda oxirgi yillarda mamlakat davlat qarzi YaIMdan taxminan 4 foizga yuroqi.

Hozirgi ma’muriyatning pozitsiyasi qanaqa?

AQShning joriy qarz muammolari — 2007—2008-yillar moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibati. O‘shandan buyon mamlakat davlat qarzi yuqori nuqtasini bir necha marta oshirishga majbur bo‘ldi, bu esa demokrat Barak Obama sobiq ma’muriyati va Kongressdagi respublikachilar muxolifati o‘rtasida siyosiy mojarolarni keltirib chiqargan.

Bunday qarama-qarshilik hozir ham davom etmoqda. Jumladan, respublikachilar tegishli qonun loyihasiga budjet chiqimlarini kamaytirish haqida tuzatish kiritishga urinmoqda. Demokratlar an’anaviy ravishda bunga qarshi chiqmoqda. Donald Tramp bir necha marta davlat qarzini kamaytirish va undan tashqari, sakkiz yilda undan qutulishga va’da bergan. Biroq uning “Amerikani yana buyuk davlatga aylantirish” rejasi va 1980-yildan buyon soliqlar bo‘yicha eng katta qisqartirishlarni o‘tkazishi budjet uchun pullarni talab qiladi, bu esa qarzdorlikning o‘sishiga sabab bo‘ladi.

Sentabr boshida Tramp davlat qarzi bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirdi. Prezident nafaqat uning yuqori nuqtasini oshirishni qo‘llab-quvvatlashi, balki ushbu masalani Kongress bilan ko‘rib chiqish jarayonini to‘liq bekor qilish tarafdori ekanligini ma’lum qildi. The Washington Post gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, Tramp va demokratlarning senatdagi yetakchisi Chak Shumer qarz limitini to‘liq bekor qilish yo‘nalishida birga ishlashga kelishib olgan.

Prezidentning bu harakatlari konservatorlarga ma’qul kelmadi — respublikachilarning senatdagi yetakchisi Mitch Makkonnell qarzdorlik limiti boshqa ko‘tarilmasligiga so‘z berdi. Ushbu mavzudagi navbatdagi debatlar 8-dekabrda yakunlanishi lozim — aynan ushbu muddatgacha Kongress tomonidan tasdiqlangan budjet va qarz yuqori nuqtasini oshirish amal qiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют