» » London metrosidagi terakt bo‘yicha oltinchi gumonlanuvchi qo‘lga olindi

London metrosidagi terakt bo‘yicha oltinchi gumonlanuvchi qo‘lga olindi


Buyuk Britaniya politsiyasi 21-sentabr, payshanba tongida London metrosidagi terakt ishi bo‘yicha 17 yoshli yigitni qo‘lga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Shu tariqa qo‘lga olinganlarning umumiy soni olti kishiga yetdi.

“Hozirgi paytga qadar Terrorizm haqidagi qonunning 41-bo‘limiga muvofiq surishtiruv munosabati bilan olti nafar erkak qo‘lga olindi”, — deyiladi politsiya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 15-sentabr kuni London g‘arbidagi “Parsons-Grin” stansiyasida bo‘lgan metro vagonida portlovchi modda ishga tushdi. Terakt oqibatida 30 kishi jarohat oldi. Portlash uchun javobgarlikni IShID zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют