» » Hindistonda bir oy ichida ikkinchi jurnalist o‘ldirildi

Hindistonda bir oy ichida ikkinchi jurnalist o‘ldirildi


Hindistonda noma’lum shaxslar mahalliy telekanal jurnalist Shantana Bxoumikni o‘g‘irlab ketdi va o‘ldirdi. Bu haqda, Associated Press agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Politsiya vakillarining so‘zlariga qaraganda, u mahalliy siyosiy partiyalardan birining tarafdorlari trassani yopishi haqida ko‘rsatuv tayyorlayotgan paytda hujumga uchragan. Birozdan so‘ng jurnalistning jasadi topilgan.

27 yoshli yigitning tanasida ko‘plab kesilgan yaralar aniqlandi.

Politsiya tergov doirasida to‘rt kishini hibsga oldi. Ularning bari Tripura shtatidagi siyosiy partiyalardan birining a’zolaridir.

Ilgariroq, sentabr oyida jurnalist ayol Gauri Lankesh uyining oldida otib ketilgan edi. Shu munosabat bilan bir qancha jurnalistlar uyushmalari norozilik aksiyalari uyushtirdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют