» » 2017-yilda eng ko‘p filmda suratga tushgan o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar (foto)

2017-yilda eng ko‘p filmda suratga tushgan o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar (foto)


Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda 2017-yilning birinchi yarim yilligida 40 dan ortiq film premyerasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kinonamoyishlarga asoslangan holda, My Day yilning birinchi yarmida eng ko‘p bosh rollarni ijro etgan aktyor va aktrisalar ro‘yxatini tuzdi.

 

Ro‘yxatga kiritilgan aktyorlar orasida Muhammadiso Abdulxayirov birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘sa, bir vaqtlar deyarli har bir filmda bosh rolni ijro qilgan aktyor Ulug‘bek Qodirov yil davomida umuman filmlarda suratga tushmagani va ushbu ro‘yxatdan o‘rin olmagani ajib holdir. Demak, quyida 2017-yilda eng ko‘p ko‘p filmlarda rol ijro etgan aktyorlar ro‘yxati bilan tanishing.

Birinchi o‘rinni to‘rttadan filmda suratga tushgan Muhammadiso Abdulxairov, Asqar Hikmatov va Shavkat Komilovlar bo‘lishib oldi.

Muhammadiso Abdulxairov — “Qaysarginam 2”, “Voy-dod 2”, “Ayg‘oqchi kampir 007”, “Ahmadboy va Rahmatboy”

Asqar Hikmatov — “Ketaman dedimmi, ketaman”, “Mister Amerika”, “Kokteyl”, “Voy-dod 2”

Shavkat Komilov — “Ona qizim”, “Bebahoginam”, “Jonim azobda”, “Tug‘ilmaganlar”

Ikkinchi o‘rindan esa uchtadan film bilan Adiz Rajabov va Doniyor Hafizovlar joy oldi.

Adiz Rajabov — “Oh, Salima, Salima”, “Hamroh”, “Er bermoq, jon bermoq 2”

Doniyor Hafizov — “7 qavat”, “Vaqt o‘g‘risi”, “Otash ichra”

Yigitali Mamajonov, Murod Rajabov va Akbarxo‘ja Rasulov 2017-yilning birinchi yarmida ikkitadan filmda suratga tushgan va reytingda uchinchi pog‘onada.

Yigitali Mamajonov — “Begunoh”, “Kokteyl”

Murod Rajabov — “Sevadi, sevmaydi”, “Ayg‘oqchi kampir 007”

Akbarxo‘ja Rasulov — “Oh, Salima, Salima”, “Ustyurtga yo‘l”

Aktrisalardan bu yil Sitora Alimjonova juda faol. U joriy yilning birinchi yarmida to‘rtta filmda suratga tushgan va reytingning birinchi pog‘onasida. Uning ortidan Shahzoda Matchonova o‘rin egallagan. Uning hisobida uchta film va reytingda ikkinchi o‘rin. 

Sitora Alimjonova — “Voy-dod 2”, “Sevadi, sevmaydi”, “Jonim yig‘loqi”, “Begunoh”

Shahzoda Matchonova — “Ustyurtga yo‘l”, “Oh, Salima, Salima”, “Virus”

O‘tgan yili deyarli suratga tushmagan Dilnoza Kubayeva bu yil hamkasblari Dildora Hoshimova, Feruza Normatova, Shahlo Temirova, So‘g‘diyona Azimova va Nigina Anorboyeva bilan reytingning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi. Ularning har biri ikkitadan filmda rol ijro etgan.

Dilnoza Kubayeva — “Er bermoq jon bermoq 2”, “Isnod”

Dildora Hoshimova — “Zulmat”, “Koreyadagi muhabbat”

Feruza Normatova — “Ona qizim”, “Shikast”

Shahlo Temirova — “Er bermoq jon bermoq 2”, “Vaqt o‘g‘risi”

Nigina Anorboyeva — “Otash ichra”, “7-qavat”,

So‘g‘diyona Azimova  — “Qaysarginam 2”, “Asragil”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют