» » “Sho‘rtan” — “Navbahor” o‘yini hakami ham 2 baho oldi. O‘FF uni ham futboldan chetlatadimi?

“Sho‘rtan” — “Navbahor” o‘yini hakami ham 2 baho oldi. O‘FF uni ham futboldan chetlatadimi?


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 22-turidan joy olgan “Sho‘rtan” — “Navbahor” o‘yini 3:3 hisobi bilan yakun topdi.

Mazkur bellashuvni referi Olim Tolibjonov boshqarib bordi. Nazoratchi Alisher Abdullayev esa unga o‘yindan keyin 4 ball, ya’ni, 2 baho qo‘ydi. Bu haqda avvalroq “Championat.asia” nashri xabar berdi. Keyin esa PFL rasmiy sayti buni tasdiqladi.

Oliy Liga 21-turidan joy olgan “Buxoro” — “Dinamo” o‘yinida Rustam Bobomurodov ham nazoratchi tomonidan 2 bahoga loyiq ko‘rilgan bo‘lib, keyinroq u O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning jonbozligi sabab futboldan bir umrga chetlatilgandi.

O‘FF matbuot xizmati Olim Tolibjonov futboldan chetlatilgani borasida ma’lumot bermadi. Nazoratchi unga nima sababdan 2 baho qo‘yganiga ham oydinlik kiritilmagan. Bellashuvda Tolibjonov hech kimga qizil kartochka ko‘rsatmagan va penalti tayin qilmagan. Aynan kimgadir penalti bermagani uchun 2 baho oldimi yoki yo‘q — aniq emas.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют