» » Namangan shahridagi chorrahalar qayd etish va kuzatuv kameralari bilan jihozlanadi

Namangan shahridagi chorrahalar qayd etish va kuzatuv kameralari bilan jihozlanadi


Namangan viloyatida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi asosida tizim yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Konsepsiyaning uzviy bo‘g‘ini sifatida shahar chorrahalarida jamoat tartibi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, qoidabuzarliklarning oldini olish, yo‘l-transport hodisalarini o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Namangan shahrining yirik chorrahalarini qayd etish hamda kuzatuv kameralari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu kameralar yordamida svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanishni davom ettirgan, qarama-qarshi harakatlanish qoidalarini buzgan, ko‘cha sidirg‘a chizig‘ini bosib harakatlanayotgan, to‘xtash ta’qiqlangan belgisiga rioya etmagan, belgilangan me’yor tezligidan oshgan hamda piyodalar yo‘lkasida harakatlanayotgan yo‘lovchilar bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni sodir etgan yo‘l harakati ishtirokchilariga nisbatan tegishli jarimalar qo‘llanadi.

Mazkur tizim joriy yil oktabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют