» » Qozog‘iston va O‘zbekiston 2021-yilgacha Chimkent–Jizzax neft quvurini qurishga kelishib oldi

Qozog‘iston va O‘zbekiston 2021-yilgacha Chimkent–Jizzax neft quvurini qurishga kelishib oldi


5 million tonna quvvatga ega Chimkent–Jizzax neft quvuri 2021-yilda ekspluatatsiyaga topshiriladi. Bu haqda Jizzax viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston 2021-yilgacha yiliga 5 million tonna quvvatga ega Chimkent–Jizzax neft quvurini qurib, foydalanishga topshirishga kelishib oldi.

Imzolangan hujjatga muvofiq, tomonlar mas’ul tashkilotlarga belgilangan rejalarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratadi va 2021-yilgacha neft quvuri qurib, foydalanishga topshiriladi.

Chimkent–Jizzax neft quvurining loyihalashtirilishi, qurilishi, moliyalashtirilishi va ekspluatatsiyasi ikkala mamlakatning tegishli hududlaridagi mas’ul tashkilotlar tomonidan hamda ular belgilagan shartlar asosida olib boriladi. Shu o‘rinda tomonlar Chimkent–Jizzax neft quvurini qurish uchun mas’ul tashkilotlarni zarur vakolat, ruxsatnoma va litsenziyalar bilan ta’minlaydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют