» » Jizzaxda yiliga 1498 tonna xom pillani qayta ishlaydigan qo‘shma korxona qurilmoqda

Jizzaxda yiliga 1498 tonna xom pillani qayta ishlaydigan qo‘shma korxona qurilmoqda


Jizzax shahrida “Silk Expert processing” ipak yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan O‘zbekiston — Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi poydevoriga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi xodimlari, Buyuk britaniyalik investorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekistonda ipakchilik tarmog‘i va to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, ilm-fan sohasidagi innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Jizzax shahri Sayiljoyi mahallasida barpo etilayotgan qo‘shma korxonaning loyiha qiymati 5 million dollarga teng. Korxona birinchi bosqichda yiliga 144 tonna quruq pillani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichni 2021-yilga borib 576 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, yiliga 374 tonna xom pilla qayta ishlanadi. 2021-yilga borib bu quvvat 1498 tonnaga yetkaziladi.

Korxonada pillani qayta ishlash barobarida xomashyoni shu yerning o‘zida yetishtirish rejalashtirilgan. 2017—2018-yillarda 48 tonna, 2021—2022-yillarga borib yiliga 192 tonna pilla yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi, ipak qurti boqish 25 ming qutiga yetkaziladi. Yangi korxonada 240 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Korxonani qurish ishlari boshlab yuborildi. An’anaga ko‘ra, tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, quruvchilar, xorijlik mehmonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida zavodning asosiy inshooti poydevoriga kelajakka bitilgan maktub solingan kapsula joylashtirildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-09-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют