» » Iroq armiyasi al-Havijani ozod qilishning dastlabki kunlarida 200 dan ortiq jangarini yo‘q qildi

Iroq armiyasi al-Havijani ozod qilishning dastlabki kunlarida 200 dan ortiq jangarini yo‘q qildi


Iroq armiyasi IShID terrorchilik guruhining 200 dan ortiq jangariini yo‘q qildi hamda mamlakat shimolida joylashgan al-Havija shahrining terrorchilik guruhi tasarrufida bo‘lgan 500 kvadrat kilometr atrofidagi hududini ozod qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy 21-sentabr, payshanba kuni al-Havijani ozod etish bo‘yicha operatsiya boshlanganini ma’lum qilgan edi.

Iroq armiyasi shahar g‘arbiga Shergat aholi punktidan hujum boshladi.

“Federal politsiya bo‘linmalari operatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichini yakunladi, 480 kvadrat kilometr hududni egalladi hamda 41 ta qishloqni ozod etib, 225 nafar terrorchini yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.

Harbiylar, shuningdek, terrorchilarning qurol va transporti yo‘q qilingani va to‘qnashuvlar bo‘layotgan hududdan 90 ta oila olib chiqib ketilganini ma’lum qilgan.

Mosul Iroq armiyasi tomonidan ozod etilganidan so‘ng  al-Havija IShIDning asosiy shtabiga aylangan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют