» » Iroq hukumat kuchlari g‘arbiy Mosul yaqinidagi ikki qishloqni ozod qildi

Iroq hukumat kuchlari g‘arbiy Mosul yaqinidagi ikki qishloqni ozod qildi


Iroq hukumat kuchlari g‘arbiy Mosul yaqinidagi ikki aholi punkti va markaziy elektr stansiyasi ustidan nazoratni tikladi. Bu haqda shaharni IShID jangarilaridan ozod qilish operatsiyasi qo‘mondoni Abdulamir Yaralla ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Politsiya bo‘linmalari Mosul va Bag‘dod o‘rtasida joylashgan al-Azba va Mosul yo‘lidagi al-Lazaka qishloqlarini ozod qildi”, — deya ta’kidladi qo‘mondon.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Iroq rasmiylari Mosul g‘arbini ozod qilishga kirishganini e’lon qilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют