» » Germaniyada saylov arafasida o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovlar Merkel partiyasi yetakchiligini ko‘rsatdi

Germaniyada saylov arafasida o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovlar Merkel partiyasi yetakchiligini ko‘rsatdi


Germaniyadagi saylovlar arafasida Emnid instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi ijtimoiy so‘rov natijalari mamlakatning amaldagi kansleri Angela Merkel hukumat rahbari lavozimini yana egallash uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. “Kommersant”ning yozishicha, saylovchilarning 35 foizi o‘z ovozlarini XDI/XSI alyansi uchun berishga tayyor.

Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) esa 22 foizlik natija bilan ikkinchi bo‘ldi. “Germaniya uchun muqobil yo‘l” partiyasi esa 11 foiz ovoz oldi va uchinchi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarda “So‘llar” (10 foiz), “Erkin demokratlar” (taxminan 9 foiz) va “Yashillar” (8 foiz) bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24-sentabr kuni Germaniyada umummilliy parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi, saylov mamlakatning yangi kansleri nomini ham aniqlab beradi. Ayni vaqtda, germaniyalik ekspertlarning ishonchi komil: Germaniyada AQShdagi prezidentlik saylovlari yoki Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibida qolishi masalasida referendumidagi kabi “siyosiy zilzilalar” bo‘lmaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют