» » A seriya. “Milan”da ikkinchi qoqilish, Turin derbisida yirik hisob, “Napoli” chempionlikka da’vogar

A seriya. “Milan”da ikkinchi qoqilish, Turin derbisida yirik hisob, “Napoli” chempionlikka da’vogar


Italiya A seriyasining 6-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.

Uning markaziy o‘yini Turin derbisi edi. Raqiblariga jiddiy qarshilik ko‘rsatib kelayotgan “Torino”, bu safar hamshahri “Yuventus” oldida ochiqchasiga ojiz qoldi va 4 ta javobsiz gol o‘tkazib yubordi.

“Napoli” esa qoqilishsiz davom etdi. Mauritsio Sarri jamoasi Chempionlar Ligasini Ukrainadagi mag‘lubiyat bilan boshlaganini aytmasa, A seriyada bu klubni to‘xtatib bo‘lmayapti.

Montella boshchilik qilayotgan va yangi mavsumga katta xaridlar bilan kirib kelgan “Milan” Rimdagi yirik mag‘lubiyatidan keyin endilikda “Sampdoriya” maydonida ham ojiz qoldi. Luchano Spalettining chekiga tushgan “Inter” esa 1 ta durangini aytmasa, qolgan barcha uchrashuvlarda zafar quchib kelmoqda.

Mazkur turda Rimning ikki klubi — “Roma” va “Latsio” ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

Italiya A seriyasi
6-tur o‘yinlari
23-sentabr, shanba

Gollar: Edin Jeko, 12 (1:0). Stefan El-Shaaravi, 30 (2:0). Stefan El-Shaaravi, 45 (3:0). Yens Larsen, 90 (3:1).
Noaniq penalti: Diyego Perotti, 89 (R).

Gollar: Paskuale Skyatarella, 13 (1:0). Lorenso Insine, 14 (1:1). Xose Kalyexon, 72 (1:2). Federiko Viviani, 78 (2:2). Fauzi G‘ulom, 83 (2:3).

24-sentabr, yakshanba

Gollar: Paulo Dibala, 16 (1:0). Miralem Pyanich, 40 (2:0). Aleks Sandro, 57 (3:0). Paulo Dibala, 91+ (4:0).

Gollar: Duvan Sapata, 72 (1:0). Rikardo Alvares, 90+1 (2:0).

Gol: Danilo D’Ambrozio, 87 (1:0).
Chetlatishlar: Stefan Omeonga, 91+ (J). Adel Taarabt, 94+ (J).

Gollar: Chiro Immobile, 24-pen (0:1). Chiro Immobile, 41 (0:2). Adam Marushich, 60 (0:3).

Gollar: Federiko Kyeza, 12 (1:0). Remo Froyler, 94+ (1:1).
Noaniq penalti: Alexandro Gomes, 62 (A).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют