» » Bundestagga saylovlarda Yevroittifoq muxoliflari sobiq GDRning aksariyat okruglarida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi

Bundestagga saylovlarda Yevroittifoq muxoliflari sobiq GDRning aksariyat okruglarida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi


Germaniya parlamenti saylovidagi ovozlarning hisob-kitobiga ko‘ra, Angela Merkel tarafdorlari mamlakatning ko‘plab tumanlarida birinchilikni egalladi. Mamlakat sharqida ularga “Germaniya uchun muqobil yo‘l” o‘ng partiyasi nomzodlari asosiy qarshilik ko‘rsatmoqdi, deb xabar berdi “RBK”.

ARD telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, 75 foizdan ortiq uchastkalarda berilgan ovozlarning deyarli 33 foizi amaldagi kansler Angela Merkel foydasiga xizmat qilgan. Uning bloki Bavariya va Baden-Vyutembergdagi barcha okruglarda g‘alaba qozondi.

Ikkinchi o‘rinda ketayotgan Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) yetakchidan deyarli 12 foizga ortda qolmoqda. GSDPga asosan mamlakatning g‘arbiy qismi, Shimoliy Reyn-Vestfaliya hududlaridagi sanoat shaharlar, shuningdek, Gamburg ovoz bergan.

Uchinchi o‘rinni esa tarixda birinchi bor 12 foiz ovoz bilan “Germaniya uchun muqobil yo‘l” o‘ng partiyasi egalladi. Ular Yaqin Sharqdan kelgan migrantlarni mamlakatdan deportatsiya qilish hamda Yevropa Ittifoqidan chiqish tarafida. Partiya eng katta muvaffaqiyatga 1990-yilga qadar kommunistik GDRning bir qismi bo‘lgan yerlarda erishdi.

Angela Merkel ekzitpollar e’lon qilingach, dekbar oyida hukumatning yangi tarkibini ma’lum qilishini aytdi.

Mavzuga doir: Bundestagga saylovlarning dastlabki natijalari: o‘ta o‘ngchilar 13 foiz ovoz oldi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-09-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют