» » MTMlarda bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi

MTMlarda bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi


Xalq ta’limi vazirligi hamda moliya vazirligining 2017-yil 11-sentabrdagi qarori bilan maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Belgilanishicha, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan tushumlar boshqa budjet mablag‘lari bilan birga tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni hamda muassasaning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga (avvalambor, sanitariya-gigiyena vositalari va yumshoq inventarlar xarid qilishga) yo‘naltiriladi. Bunda muassasaning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori jami yil davomida ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘larning 5 foizidan oshmasligi lozim.

Ilgari mablag‘lar tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaxshilashga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan edi.

Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2017-yil 18-sentabrda kuchga kirdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-09-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют