» » O‘zMTRK va “O‘zbekkino” milliy agentligi vakillari Amsterdamdagi IBC-2017 telekommunikatsiya va multimedia texnologiyalari ko‘rgazmasida qatnashdi

O‘zMTRK va “O‘zbekkino” milliy agentligi vakillari Amsterdamdagi IBC-2017 telekommunikatsiya va multimedia texnologiyalari ko‘rgazmasida qatnashdi


Amsterdamda IBC-2017 telekommunikatsiya va multimedia texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Jahon” AA.

Har yili o‘tkaziladigan mazkur tadbir Yevropadagi nufuzli ko‘rgazmalardan biri sanaladi hamda telekommunikatsiya sohasida dunyodagi eng mohir mutaxassislar ishtirokidagi anjuman va ko‘rgazmadan iboratdir.

Joriy yilda IBC’da dunyoning 170 ta davlatidan 55 ming ishtirokchi qatnashdi. Amsterdam RAI majmuasining 15 ta ko‘rgazmalar zalida 1600 dan ziyod kompaniyalar o‘zlarining tovar va ishlanmalarini namoyish etdi. Besh kun davomida konferensiyada raqamli axborot texnologiyalari sohaisning 300 dan ziyod mutaxassislari ma’ruzalar qildi. Ko‘rgazmadan multimedia va efirga uzatish tarmog‘i, raqamli texnologiyalar va tovarlar, shuningdek, mobil aloqa xizmati va zamonaviy sun’iy yo‘ldosh tizimining xilma-xil namunalari o‘rin oldi.

IBC-2017 ishida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va “O‘zbekkino” milliy agentligi vakillari ham qatnashdi. Xorijiy sheriklar bilan uchrashuvlar chog‘ida ularga O‘zbekistonda milliy kino san’ati va teleradiokompaniya tizimini efirga uzatishning raqamli shakliga o‘tkazish uchun zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash borasida qabul qilingan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekistonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, xususan, xorijiy investorlarga ilg‘or telekommunikatsiya texnologiyalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют