» » Toshkentda ayrim yo‘nalishli taksilar harakatiga o‘zgartirishlar kiritildi (ro‘yxat)

Toshkentda ayrim yo‘nalishli taksilar harakatiga o‘zgartirishlar kiritildi (ro‘yxat)


Aholining murojaatlarini inobatga olgan holda Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti sentabr oyida poytaxtda qatnovni amalga oshiradigan yo‘nalishli taksilarning harakatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.

Jumladan, aholi murojaatlari asosida ayrim mavjud yo‘nalishlar harakati qayta tiklandi, ayrimlari uzaytirildi, yana ayrimlarining qatnov jadvallari soni oshirildi.

Shuningdek aholidan kelib tushgan takliflar asosida yangi yo‘nalishlar harakati tashkil etildi. Xususan, “Qorasuv 6-mavzesi – Qo‘yliq M4 AShB” yo‘nalishida qatnovchi 79M yo‘nalishli taksi harakati qayta tiklandi.

“Chorsu metrosi AShB – Chilonzor buyum bozori AShB” oralig‘ida qatnovchi 6I yo‘nalishli taksi harakati Lutfiy ko‘chasidan Muqimiy, Nurafshon, Beruniy, Saqichmon, Zarqaynar ko‘chalari orqali “Chorsu metrosi” AShBgacha uzaytirildi.

“TTZ AShB – Chilonzor buyum bozori AShB”ga qatnovchi 18I harakati yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida, yo‘nalishdagi jadvallar soni 12 tadan 15 taga oshirildi.

“Yangiobod mavzesi AShB – Yunusobod 19-dahasi AShB” oralig‘ida qatnovchi 152A harakati aholi murojaatlari asosida yo‘nalishning qaytish yo‘nalishidagi harakati Oqqo‘rg‘on ko‘chasidan Mustaqillik, Parkent ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi.

“Binokor qo‘rg‘oni – Do‘stlik metrosi AShB” oralig‘ida qatnovchi 183M yo‘nalishining to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati Izzat, Beshariq ko‘chalari, “Aviasozlar bozori” bekati, Beshariq, Izzat ko‘chalari orqali; qaytish yo‘nalishidagi harakati Izzat, Beshariq, Aviasozlar, Hosiyat, Izzat ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi.

“Aviasozlar AShB – Qushbegi mavzesi”ning harakati 162M yo‘nalish taksisining qaytish yo‘nalishidagi harakati “Qushbegi mavzesi” bekatidan Usmon Nosir-2, Shota Rustaveli, Bobur ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi.

Aholidan kelib tushayotgan takliflar asosida sentabr oyida yangi tashkil qilingan yo‘nalishli taksilar ro‘yxati quyidagilar:

“Aviasozlar AShB – Chilonzor buyum bozori AShB” oralig‘ida 32M yangi yo‘nalish harakati tashkil etildi. Mazkur yo‘nalish Toshkent shahri Yashnobod, Mirobod va Sergeli tumanlari aholisidan kelib tushgan takliflar asosida tashkil qilingan.

Yunusobod va Yashnobod tumanlari aholisidan kelib tushgan takliflar asosida 35M “Aviasozlar AShB – Yunusobod 9-dahasi AShB” oralig‘ida qatnovchi yangi yo‘nalish taksi harakati yo‘lga qo‘yildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-09-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют