» » Bangladeshdagi qochoq rohinjalarning soni 436 ming kishidan oshdi

Bangladeshdagi qochoq rohinjalarning soni 436 ming kishidan oshdi


Myanmadan Bangladeshga o‘tgan qochoq rohinjalarning soni uch hafta ichida 436 ming kishidan oshdi. Bu haqda BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining matbuot kotibi Edrian Edvards ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Bangladeshga nisbatan gumanitar yordamlarni ikki barobar oshirishga chaqirdi. Bu so‘nggi oy ichida Myanmadan Bangladeshga qochib o‘tgan 436 ming rohinja bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishi mumkinligi bilan bog‘liq”, — dedi Edvards.

25-avgust kuni “Arakan rohinjalarni qutqarish armiyasi” harakatining yuzlab jangarilari politsiyaning 30 ta tayanch punktiga hujum qilganidan so‘ng Rakxayn shtatida vaziyat keskinlashgan edi. 25-avgustdan beri Myanmani 400 mingdan ortiq rohinja tark etdi. Bangladeshdagi rohinjalarning umumiy soni 800 mingdan ortadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-09-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют