» » Viloyatlarda mikroGESlar quriladi

Viloyatlarda mikroGESlar quriladi


Milliy matbuot markazida “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda elektrostansiyalarda bir yilda ishlab chiqarilayotgan qariyb 60 milliard kilovatt/soat miqdordagi elektr energiyasining 6,5 milliard kilovatt/soati gidroelektrostansiyalar hissasiga to‘g‘ri kelishi ta’kidlandi. Hozir bu ko‘rsatkichni yanada oshirish orqali tabiiy, ekologik toza, arzon va qayta tiklanuvchi energiya manbaidan foydalanishni kengaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning 18-maydagi “‘O‘zbekgidroenergo’ aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni mavjud gidroelektrostansiyalardan samarali va xavfsiz foydalanish, O‘zbekistonda yagona gidroenergetika tizimini yaratishda yangi imkoniyat eshiklarini ochdi.

“Maqsadimiz gidroenergiya ulushini iqtisodiyotda ko‘paytirish, — dedi ‘O‘zbekgidroenergo’ boshqarma boshlig‘i Habibullo Azizov. — Ana shu maqsadda 18 ta gidrostansiyada ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Yangi quvvatlarni ishga tushirish maqsadida yurtimizda birinchi marta pilot loyiha asosida mikroGESlar qurish boshlandi. Katta Farg‘ona kanalida, Tuyamo‘yin suv ombori, Qamchiq daryosi bo‘yidagi ixcham GESlar shular sirasidandir”.

Gidroenergetikani rivojlantirishga izchil ravishda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali korxonalar va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash choralari ko‘rilmoqda. Shu maqsadda xorijlik hamkorlar bilan hamkorlikda o‘nga yaqin loyihani amalga oshirish mo‘ljallanmoqda, Chorvoq va Farhod GESlari modernizatsiya qilinmoqda.

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют