» » Jasur Ibrohimov ishi. Javobgar unga ilgari surilgan ayblovga iqror bo‘lmadi

Jasur Ibrohimov ishi. Javobgar unga ilgari surilgan ayblovga iqror bo‘lmadi


Avval xabar berganimizdek, 26-sentabr kuni jinoiy ishlar bo‘yicha Mirobod tuman sudida Borovskiy tibbiyot kollejining 2-kurs talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki sud eshituvi bo‘lib o‘tdi. Javobgar unga ilgari surilgan ayblovga iqror bo‘lmadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabarida aytiladi.

JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi 1999-yilda tug‘ilgan Islombek Abdujamilovich To‘laganovdan sud majlisi raisi ushbu modda bo‘yicha qilgan jinoyatiga iqror bo‘lish-bo‘lmasligi haqida so‘radi. “Iqror bo‘lmayman”, — dedi javobgar.

Ish bo‘yicha tergov jarayoni 29-avgust kuni nihoyasiga yetkazilgan va mavjud materiallar jinoiy ishlar bo‘yicha Mirobod tuman sudiga oshirilgan edi.

Navbatdagi sud majlisi 29-sentabr kuniga belgilandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют