» » Olimlar Oyda va Marsda odamlar yashashi uchun eng mos keladigan joylarni topdi

Olimlar Oyda va Marsda odamlar yashashi uchun eng mos keladigan joylarni topdi


Italiyaning Paduya va Bolonya universitetlari olimlari Oyda va Marsda odamlar yashashi uchun mos bo‘lgan joylarni aniqlaganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Mutaxassislar koinot jismlari relyeflari modellarini tahlil qilib chiqib, Oy va Marsdagi “lava quvurlari” va g‘orlar odamlar ushbu obyektlarda yashashi uchun eng mos keladi, deb topdi.

Olimlar taxmin qilishicha, g‘or va quvurlar odamni kosmik nurlanishlar va mikrometeoritlar oqimlaridan himoya qila oladi.

“Lava quvurlari” — lava notekis qotishi natijasida paydo bo‘lgan kanallar. Lavaning yuza qatlamlari tezroq qotadi va qattiq po‘stloqni hosil qilib, monolit holatga keladi. Ichkaridagi suyuq lava asta-sekinlik bilan ketgach, tunnel yuzaga keladi. Bunday tunnelning uzunligi 65 kilometrgacha yetishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют