» » Jasurbek Ibrohimovning onasi sudda fojia bilan tugagan mushtlashuv haqida gapirib berdi

Jasurbek Ibrohimovning onasi sudda fojia bilan tugagan mushtlashuv haqida gapirib berdi


26-sentabr kuni jinoiy ishlar bo‘yicha Mirobod tuman sudida Borovskiy tibbiyot kollejining 2-kurs talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki sud eshituvi bo‘lib o‘tdi. Eshituvda ko‘rsatma bergan jabrlanuvchi — Jasurbekning onasi Nilufar Aliyeva o‘g‘liga tahdid qilingani, nega voqea kuzatuv kameralarida aks etmagini, shuningdek, fojia bilan yakunlangan mushtlashuv sabablari haqida gapirib berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

Uning so‘zlariga qaraganda, Jasur 3-may kuni, shifoxonadaligida kaltkalangani haqida gapirib bergan.

“Biz Islom bilan mushtlasha boshladik, shu paytda O‘lmas orqadan meni tepdi, men muvozanatni yo‘qotib, yiqildim, lekin menga turish uchun imkoniyati berishmadi. Men uchinchi kurs bolalari Hurmat va Temur o‘rab oldi, kursdoshlar Bekzod, Temur, O‘lmas va Islom hamma tomondan tepa boshladi. Boshimga tepa boshlaganlarida, yuzimga kuchli zarba tekkanini his etdim va hushimni yo‘qotdim”, — degan marhum.

Ayol o‘g‘lining shifoxonada bergan quyidagi savolini unuta olmasligini tan oldi:

“Oyi, ular nega menga bunaqa qilishdi?”.

“Bu savolga javob bera olmadim”, — dedi Nilufar Aliyeva ko‘zida yosh bilan.

Ayol, shuningdek, “hamma mushtlashuv haqida bilib bo‘ldi” degan bahona bilangina o‘g‘lini gapirtira olganini xabar qildi.

“Muloqotimizni ikki marta bo‘lishdi. U ismlarni sanayotganida, boshida Islomning otini aytdi. Shu payt xonaga shifokorlar kirib, men chiqarib yubordi. Men shu zahotiyoq tergovchi Mo‘minga qo‘ng‘iroq qilib, unga Islom haqida xabar berdim. Jasurbek o‘ziga kelganidan so‘ng suhbatni davom ettirdik. O‘shanda men suhbatning boshqa ishtirokchilari haqida bilib oldim”.

Raislik qiluvchi sudya Matchonboy Matchonov Jasurbek nega shifokorlardan haqiqatni yashirib, yiqilganini aytib kelganini so‘radi. Marhum 14-shifoxonada ham, Yunusobod tumanining 14-bolalar shifoxonasida ham o‘z ahvolini shu bilan tushuntirgan edi.

“U kollejda o‘qishni davom ettirish-ettirmasligini so‘ragandi. Jasur o‘qishni davom ettirishi haqida o‘ylagandi”, — deb buning sababini tushuntirid Nilufar Aliyeva.

Kollej o‘quvchilari bilan suhbatlarda marhumning onasi o‘quv muassasasida kaltaklashlar muqaddam ham bo‘lganini aniqlagan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, Islom, O‘lmas, shuningdek, uchinchi kursdan Temur va Hurmat kollejni “ushlab qo‘ygan”. O‘quvchilarga tayangan holda, ayol ikkinchi kurs talabasi Temur ham kaltaklanib, yuzidan jarohat olganini va yuzi tikilganini ma’lum qildi. Tilga olingan o‘quvchilar Temurni suratga olib, barchaga uning fotosini ko‘rsatgan, uzoq vaqt uni kalaka qilib yurgan ekan. Ammo axiyri bu ishni xaspo‘shlab, jabrlanuvchi militsiyaga murojaat qilmasligi uchun unga pul berishgan ekan. Bu bayonotni videoyozuvlar tasdiqlaydi, ma’lum qildi ayol.

Tergovchilar Islomning oti xabar qilinganidan so‘ng huquq-tartibot organlari xodimlari kollejga yo‘l oldi. Ular bolaning suratini Telegram messenjeri orqali Nilufar Aliyevaga jo‘natdi, ayol esa suratni Jasurga ko‘rsatdi. Marhum suratda Islom ekanligini tasdiqladi. O‘z navbatida, Islombek tergovchilarga janjal bo‘lgani kuni Jasurbekni ko‘rmaganini aytdi.

Shundan so‘ng shifoxonaga kollej dekani Mariella Tulenovna [Tojiyeva], kurator Liliya Aleksandrovna [Nazarova], Islomning o‘zi onasi bilan keldi. Ularning yonida Islom mushtlashuvda undan tashqari ikkinchi kursdan Bekzod va Temur (Jasurning kursdoshlari), shuningdek, uchinchi kursdan Temur va Hurmat bo‘lganini aytdi.

“Ammo Islomning yuzida va qo‘lida biror tirnalgan yer yo‘q edi”, — qayd qildi Nilufar Aliyeva.

Shundan so‘ng u Mariella Tulenovna 18-may kuni amalga oshirgan tashrifi chog‘ida “negadir Jasur nimadir, masalan, O‘lmas uni orqasidan tepgan-tepmagani haqida degani yoki hech narsa aytmagani bilan qiziqdi”.

Shuningdek, Jasurbek olamdan o‘tganidan so‘ng uning kursdoshlari dafn marosimiga keldi. Ularning aytishicha, dekan guruhni to‘plab, “Jasur endi yo‘q, unga yordam berib bo‘lmaydi, kollejni himoya qilish kerak” degan. Nilufar Aliyeva bu uchrashuvda shaxsan o‘zi ishtirok etmaganini bildirdi.

Nilufar Aliyeva 4-may kuni tergovchi Mo‘min ishtirokida o‘g‘lining nomidan tushuntirish xati yozganida unga hech kim bosim o‘tkazmaganini tasdiqladi:

“Ahvolim juda yomon bo‘lgani uchun ba’zan nima bo‘layotganini tushunmasdim, chunki o‘g‘limning og‘riqli nolasi meni o‘ldirayotgandi. Shifokorlar kirib, darhol UZI qilish kerakligini aytdi va bizni chiqarib yubordi. Tezkor xodim Jasurga ruchkani berib, unga imzo qo‘ydirdi. Shundan so‘ng men tergovchini boshqa ko‘rmadim”.

Uning so‘zlariga qaraganda, 17 yil ichida Jasurbek hech kim bilan mushtlashmagan va munosabatlariga oydinlik kiritmagan. O‘qishida ham muammolar bo‘lmagan.

Shundan so‘ng savol berish huquqi prokuror yordamchisi, kichik adliya maslahatchisi, davlat ayblovchisi Baxtiyor Akromovga berildi. U voqea yonida ro‘y bergan harbiy prokuratura hududida o‘rnatilgan videokameralar haqida savol berdi.

Harbiy prokuraturaning Nilufar Aliyeva yo‘llagan so‘rovga javobida aytilishicha, kameralar umuman ishlamagan.

“Prokuraturada birinchi shaxs yo‘q, kameralar esa faqat uning kabinetida ishlaydi. Rahbar v.b. uning kabinetiga o‘tmagan, shu bois kameralar o‘chiq bo‘lgan”, — ma’lum qildi ayol.

Prokuror ayol mushtlashuvning sababi haqida nimalar aniqlaganini so‘radi. Javob quyidagicha bo‘ldi:

“U gapira oladigan ahvolda bo‘lganida mening asosiy vazifam vaziyat haqida bilish edi — kim bilan mushtlashgani, kim uni qayerda urgani”.

Mushtlashuv sababi haqida gapirarkan, ayol kollej o‘quvchilari bilan muloqotdan so‘ng xulosalar qilganini aytib o‘tdi.

“O‘g‘lim jamoatchilikka ochiq edi, guruhda hamma bilan do‘stlashib ketgandi. Qizlar ‘Bizning Jasur boshqa guruhlardan notanish bolalarni eshikka yaqinlashtirmaydi, butun guruhdan faqat Jasur bizni himoya qilardi’ derdi. Men hikoya qilgan haligi guruh (Islom, O‘lmas, Hurmat, Temur) yaxshi bolalarni o‘ziga bo‘ysundirish uchun ularni ‘sindirardi’. Bolamning oriyati bor edi. U iqtidorli talabalar qatorida edi”, — ma’lum qildi Jasurning onasi.

Matchonboy Matchonov bu voqeadan boshqa yana konkret holatlarni keltirib o‘tishni so‘radi.

“U boshqa hech kim bilan mushtlashmagan. Hech qachon”, — ma’lum qildi ona.

Advokat Lola Ismoilova mushtlashuvning sabablari haqidagi mulohazalarini aytib o‘tdi:

“U iqtidorli bola edi, guruhning yoqimtoyi edi, sport bilan shug‘ullanardi, bunaqalar uni ‘botanik’ deb hisoblaydi. Ularni nima qilishadi? Urishadi. Bu har qanday maktab tarixida bo‘lgan” — dedi advokat jurnalistlar bilan muloqotda.

Uning so‘zlariga qaraganda, jabrlanuvchi tomon ota-onalarni javobgarlikka tortishga uringan:

“Shunaqa tushuncha bor — ‘bolalarga nojoiz tarbiya bergani uchun’ degan, buning uchun javobgarlik bor. Agar ota-onalar bolalariga nojoiz tarbiya bergani uchun javobgarlikka tortila boshlansa, Prezidentimiz bu haqda aytgandi, ana o‘shanda ular bolalariga e’tiborliroq bo‘ladi”, — dedi Lola Ismoilova.

Tan jarohatlari ular har tomondan yetkazilganini ko‘rsatadi, qo‘shimcha qildi advokat.

“Ish ayblanuvchisi bir kishi, qolganlar hozircha guvoh sifatida ishtirok etmoqda”.

“Bizning ishimizda eng qiyini — aybsiz shaxsni javobgarlikka tortish. Islombek To‘laganov aybni o‘ziga olmoqda. Har tomondan kaltaklangani fakti bor, ammo u yiqilib, orqasi bilan yoki, aytaylik, qorni bilan yotganini, u yoki bu unga zarba berganini aniq aytish imkonsiz. Ekspert buni ayta olmaydi”, — qayd qildi advokat.

Nilufar Aliyeva advokat bilan suhbat chog‘ida o‘g‘lining sog‘liq bilan muammosi bo‘lmaganini, faqat sport bilan shug‘ullanganida yengil jarohat olganini xabar qildi. Shuningdek, u o‘zidan boshqa hech kim ichki ishlar organlariga murojaat qilmaganini uqtirdi.

Mushtlashuv dars paytida ro‘y berdi.

“O‘g‘limning portfeli kollejda qolib ketdi, mushtlashuv o‘qish paytida ro‘y berdi. Kursdoshlarining so‘zlariga qaraganda, Temur sinfga yugurgan, Firdavs (Jasurning eng yaqin do‘sti) undan Jasur qayerdaligini so‘ragan. Temur uning qorni og‘rib qolganini, uning portfelini olib borib berishini aytgan. Shu payt guruh qizlari va kursdoshlar u qo‘lini qondan yuvganini ko‘rgan. Mushtlashuvning boshqa ishtirokchilari sinfga hech narsa bo‘lmaganday kirib kelgan”, — hikoya qiladi Nilufar Aliyeva.

5-may kuni shifoxonaga Islomning otasi Abdujalil Rasulov keldi. U barcha bolalar bilan gaplashganini, o‘g‘li Jasur bilan “yakkama yakka” mushtlashganini aniqlaganini uqtirgan. Reanimatsiya mudirasi Mahfuza To‘lqunovna o‘sha kuni ertalab soat 7:30 da Jasurni ko‘rgani bir bobo kelib, u bilan suhbatlashganini aytdi va u Islomning otasi ekanligini ko‘rsatdi.

“O‘sha kuni o‘g‘lim Jasur hech kimni reanimatsiyaga kiritmaslikni so‘radi, negaligini so‘raganimda u javob berdi: Islomning otasi keldi. Tahdid qildimi, deb so‘raganimda, boshini qimirlatdi”, — so‘zida davom etdi Nilufar Aliyeva.

Ayblanuvchi tomon advokati jabrlanuvchi qanday asosda 4-may kuni yozilgan murojaatida Islom To‘laganovning nomini tilga olganini, ayna O‘lmas Jasurni tepganini qayerdan bilganini so‘radi. Nilufar Aliyeva ko‘rsatma berish chog‘ida bu narsani aytib o‘tganini eslatib, gaplarini yana takrorladi.

Shuningdek, u guvohlar haqida qo‘shimcha axborot keltirib o‘tdi. O‘g‘li shifoxonada ekan, u jinoyat joyini ko‘zdan kechirishga qaror qilgan:

“Garajlar yonida, harbiy prokuratura qarshisidagi binoda quruvchilar ishlayotgan edi. Ish boshqaruvchi bilan gaplashdim, u binoga kirish taqiqlanganini, ammo 3-may kuni garajlar tomonidan, u yerda tirqish bor, bino hududiga bir necha yigit kirganini, ulardan biri qonga belanganini aytdi. ‘Uzoqdan ularni ko‘rib, bu yerga kirish mumkin emasligini baland ovozda aytdim. Ular chiqib ketdi’, — dedi u”.

Temur bilan suhbatda Nilufar Aliyeva mushtlashuvdan so‘ng bolalar qaytayotganda yerto‘ladan ayollar chiqib, Jasurga yuvinishga yordam berganini aniqlagan:

“Men bu joyni topdim, bu ortopedik poyafzal ishlab chiqarish sexi bo‘lib, stomatologiyaning yonida joylashgan ekan. Lena va Nigina ismli qizlar rostanam Jasurga birinchi yordam ko‘rsatgan, uning peshonasidagi va yuzidagi yarani vodorod peroksidi bilan yuvgan ekan. Ularning aytishicha, garajlar tomonidan oq ko‘ylakdagi olti-yetti bola chiqqan, ularning biri qonga belangan, ust-boshi tuproq bo‘lgan, boshqa bolalar jabrlanuvchiga nimalardir degan, nima bo‘lgani so‘ralganda esa jabrlanuvchidan boshqalar ‘yiqildi’ deb javob bergan.

Jasurning onasi, shuningdek, har bir tibbiyot xodimi unga o‘g‘lining ahvolini batafsil tushuntirganini, barcha zarur materiallarni taqdim etganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Sudning birinchi kuni faqat Nilufar Aliyeva ko‘rsatma berdi, uning turmush o‘rtog‘i Mahamadjon Tursunov bu ko‘rsatmalarni tasdiqladi. Shuningdek, sudlanuvchi Islombek chiqishi kutilgandi, ammo sud raisi chiqishni qoldirishga qaror qildi. Sudning keyingi majlisi 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют