» » IShID jangarilari Istanbulda bombali hujum tayyorlagani aniqlandi

IShID jangarilari Istanbulda bombali hujum tayyorlagani aniqlandi


Turkiya maxsus xizmatlari IShID terrorchi guruhining qator xorijlik jangarilari Istanbulda bombali hujum uyushtirishni rejalashtirib kelganini aniqladi. Bunda 2013-yili Bostonda portlatilganga o‘xshash portlovchi uskunadan foydalanish rejalashtirilgan edi, deb xabar beradi “TASS”.

12-sentabr kuni huquq-tartibot organlari xodimlari Istanbulda o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi doirasida 25 nafar chet el fuqarosini ushlagan edi. Tergov davomida ularning yonidan targ‘ibot materiallari, shuningdek, ingliz tilidagi bomba yasash yo‘riqnomasi topilgan edi. Ekspertlar portlovchi uskuna sxemasi 2013-yilgi Boston marafonida portlatilgani bilan aynan bir xilligini aniqladi.

22 nafar jangari yuridik jarayonlar tugaganidan so‘ng o‘z yurtlariga esktraditsiya qilindi. Ularning fuqaroligi aniqlashtirilmayapti. Qolgan uch terrorchining taqdiri hozircha noma’lum.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-09-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют