» » Toshkentda tunda to‘rt yigit yonida pasporti yo‘q, lekin naqd puli borligi uchun militsiyaga olib kelindi. So‘ng bu pul aroq do‘konidan o‘g‘irlangani aniqlandi

Toshkentda tunda to‘rt yigit yonida pasporti yo‘q, lekin naqd puli borligi uchun militsiyaga olib kelindi. So‘ng bu pul aroq do‘konidan o‘g‘irlangani aniqlandi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, Shayxontohur tumanida 25-sentabr kuni soat taxminan 2:30 da militsiya xodimlari ko‘chada ketayotgan to‘rt yigitni to‘xtatib, tekshirgan.

Tekshiruv davomida ularning hech birida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qligi, biroq yonida naqd pul mablag‘lari borligi aniqlangan; shundan so‘ng yigitlar Shayxontohur tumani IIB bo‘linmasiga olib kelingan.

Bo‘linmada yigitlarning shaxsi, shuningdek, ularning yonidagi 1,3 million so‘m pul Shayxontohurdagi spirtli ichimlik do‘konidan o‘g‘irlangani aniqlangan.

Xabar berishlaricha, holat yuzasidan “o‘g‘irlik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish” alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda”, — deyiladi IIBB axborotida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-09-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют