» » IShIDparast OAVlar IShIDning yo‘q qilingan deb hisoblanuvchi yetakchisining ovozli murojaatini e’lon qildi

IShIDparast OAVlar IShIDning yo‘q qilingan deb hisoblanuvchi yetakchisining ovozli murojaatini e’lon qildi


IShID terrorchilik guruhiga aloqador OAVlar yo‘q qilingan deb hisoblanuvchi IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga tegishli deb taxmin qilinayotgan ovozli audioyozuvni e’lon qildi, deb yozadi “Interfaks”.

“46 daqiqalik audioyozuvdagi ovoz IShID yetakchisining avvalgi audioyozuvlariga juda o‘xshash tarzda yangradi”, — deb yozadi AP, u yozuvda “urushni davom ettirishga chaqirgani”ni ta’kidlar ekan.

AP qayd etishicha, al-Bag‘dodiyning ovozi bo‘lgan avvalgi audioyozuv o‘tgan yilning noyabrida e’lon qilingan edi.

IShID yetakchisi al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani haqidagi xabarlar bungacha ko‘p bora paydo bo‘lgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют