» » Meksikada zilziladan zarar ko‘rgan bir nechta binolar buzib tashlanadi

Meksikada zilziladan zarar ko‘rgan bir nechta binolar buzib tashlanadi


Meksika aloqa va transport vazirligining bosh binosi zilzila oqibatida shikastlangani sabab buzib tashlanadi. Bu haqda portlarni rivojlantirish va boshqarish departamenti bosh direktori Fernando Gamboa ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

1950-yilda qurilgan vazirlik binosi mashhur meksikalik rassomlar, jumladan, Xose Chaves Morado, Fransisko Suniga, Rodrigo Arenas Betankur tomonidan bezatilgan. Hozirda u yerda 2,5 ming odam ishlamoqda.

Bundan tashqari, Meksikaning Idalgo shtatidagi 12 maktab ham xuddi shu sabablarga ko‘ra buzib tashlanib, qayta quriladi. Shtat xalq ta’limi vaziri Sayonara Vargasning aytishicha, ushbu maktab o‘quvchilari ta’mirlash ishlari davrida vaqtinchalik boshqa yerda ta’lim olib turadi.

Shtatda 12 ta maktabdan tashqari yana 370 ta ta’lim muassasalari ta’mirga muhtoj.

19-sentabr kuni Meksikada 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yer osti silkinishlari oqibatida butun mamlakat bo‘ylab 344 kishi halok bo‘lgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют